Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlari yangicha tashkil etiladi
IIVda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida voyaga yetmaganlar ishtirokida yoki ularga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlar yuzasidan profilaktik choralarni yangi tartibda tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bu yo‘nalishda mahalla, ta’lim muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifasi belgilandi.
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Rustam Jo‘rayev huzurida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda IIV JXD, HPX, JTSX rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB rahbarlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yil boshidan buyon hududlarda sodir etilgan qotillik jinoyatlarining sabablari va omillari, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Tahlillar natijasida shaxsga qarshi jinoyatlarning salmoqli qismi kechki va tungi vaqtlarda yaqin qarindoshlar yoki tanishlar o‘rtasidagi nizolar oqibatida, o‘tkir tig‘li jismlar yordamida sodir etilgani qayd etildi. Shu bilan birga, profilaktika ishlarida mahalla yettiligi, jamoatchilik vakillari, ta’lim muassasalari pedagoglari va ota-onalar, shuningdek olimlar, sotsiologlar va psixologlar bilan hamkorlik yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani alohida ta’kidlandi.
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar ishtirokida yoki ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha profilaktik choralarni yangicha tartibda tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Oilalardagi ijtimoiy-maishiy muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, probatsiya nazoratida turgan shaxslar hamda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash vazifalari belgilandi.
Shuningdek, shaxsga qarshi jinoyatlarning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida profilaktika inspektorlari va ularning rahbarlariga hudud aholisi mentalitetini inobatga olgan holda har bir tuman-shahar kesimida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, mutaxassislar bilan tizimli hamkorlikni ta’minlash topshirildi.
Jamoatchilik, tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ayniqsa ayollar va bolalar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, ularga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralarini amalga oshirish vazifalari ham belgilab berildi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026