Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Armanistonning yangi elchisi Georgiy Kocharyanni qabul qilib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Armanistonning yangi elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Georgiy Kocharyanni qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Georgiy Kocharyan janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. O‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.

O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1995 yil 27 oktyabrda o‘rnatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 29 yanvarda Armaniston prezidentining farmoni bilan tayinlangan Georgiy Kocharyan 2019 yildan beri Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Aram Grigoryan o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026