O‘zbekiston | 13:17 / 18.02.2026
1304
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston standartlar instituti qayta tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish sohasida islohotlarni jadallashtirish doirasida O‘zbekiston standartlar instituti qayta tashkil etiladi.

Foto: O‘zbekiston standartlar instituti

“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston standartlar instituti uning tarkibiga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qo‘shib olish orqali qayta tashkil etiladi.

Shu bilan birga, mazkur markaz faoliyati tugatiladi hamda uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari bekor qilinadi.

Hujjatda, shuningdek, milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 2026 yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. 

Ular orasida xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini oshirish, kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish va sifat infratuzilmasi indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash vazifalari nazarda tutilgan

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid