Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan uzunligi 4 ming kilometrlik magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos avtobanlarga aylantiriladi.
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida shunday vazifa qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, 2026–2030 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2026 yil 1 martgacha tayyor bo‘lishi kerak.
Dastur doirasida yil oxirigacha magistral yo‘llarni xalqaro talablarga moslashtirish loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 ming kilometr magistral yo‘llar avtobanga aylantirilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil oxirida parlamentga murojaatida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026
Shavkat Mirziyoyev islohotlar dasturlari va «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» davlat dasturini tasdiqladi
12:43 / 26.12.2025