Davlat rahbari ta’kidlaganidek, avtomobil yöllarining sifatini yaxşilaş va tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida beş yillik dastur amalga oşiriladi. Unga muvofiq, Andijon–Qönğirot, Toşkent–Termiz, Samarqand–Şahrisabz, Olot–Sariosiyo yönalişlarini boğlaydigan, umumiy uzunligi 4 ming kilometr bölgan magistral yöllar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi.
Şuningdek, 2026 yilning özida Qoraqalpoğiston, Buxoro, Qaşqadaryo va Surxondaryo hududlaridan ötgan umumiy foydalanişdagi 300 kilometr yöllarda rekonstruksiya işlari yakunlanişi belgilandi.
Bundan taşqari, Toşkent–Samarqand, Toşkent–Andijon, Toşkent–Böstonliq, Punğon–Namangan hamda Qarşi–Şahrisabz yönalişlarida yuqori tezlikda harakatlanişga möljallangan 800 kilometr yöllar qurilişi boşlanadi.
Yöllarni loyihalaştiriş jarayonlariga ham yangi talablar kiritilişi aytildi. Xususan, aholi fikrini inobatga oliş, transport qatnovining atrof-muhitga ta’sirini baholaş, piyodalar uçun “tösiqsiz” muhit yaratiş kabi mezonlar qonun darajasida mustahkamlanadi.
Şu bilan birga, aholi daromadi va xorijiy sayyohlar oqimi ortişi kelgusi beş yilda oziq-ovqatga bölgan talabni 1,5 karra oşirişi qayd etildi. Şu bois qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini hozirgi 40 mlrd dollardan 60 mlrd dollarga yetkaziş maqsadi qöyildi.
Bozorlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan butun yil davomida barqaror narxda ta’minlaş uçun 2026 yildan doimiy intervensiya tizimiga ötiladi. Hududlardagi “Oziq-ovqat jamğarmalari”ga ajratiladigan resurs 2,5 barobar köpaytirilib, 500 mlrd sömga yetkazilişi belgilandi.
Şuningdek, meva-sabzavotga ixtisoslaşgan 1 mingta mahallada siğimi 100 tonnagaça bölgan kiçik sovitkiçli omborlar barpo etilişi rejalaştirilgan. Aytilişiça, uşbu çoralar kelgusi yil inflatsiya darajasini 6–6,5 foizga tuşirişga xizmat qiladi.











