Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududi bo‘ylab 1700 metrlik zamonaviy dor yo‘li barpo etiladi. Loyiha 35 ta kabinadan iborat bo‘lib, soatiga 1500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Samarqand shahrida joylashgan Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududida zamonaviy dor yo‘li qurilishi ishlari boshlandi.


Loyihaga muvofiq, dor yo‘lining umumiy uzunligi 1700 metrni tashkil etadi. U 35 ta kabinadan iborat bo‘ladi. Har bir kabina 10 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega bo‘lib, tizim soatiga 1500 kishigacha xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida turizm markazi hududida harakatlanish yanada qulaylashishi, shuningdek, sayyohlar uchun hududni tepadan tomosha qilish va qo‘shimcha dam olish imkoniyatlari yaratilishi kutilmoqda.


Mavzuga oid
10:50
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026