Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
Referi jangni yettinchi raunddayoq to‘xtatdi.
Foto: Videodan kadr
22 fevralga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik 29 yoshli bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (16-1-0, 10 KO) ganalik 34 yoshli Sena Agbekoga (29-4-0, 23 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. AQShning Las Vegas shahridagi professional boks oqshomi doirasidagi ushbu jang yettinchi raundda texnik nokaut bilan yakunlandi.
Meliqo‘ziyev ilk daqiqalardan tashabbusni qo‘lga oldi. U maydon markazini nazorat qildi va chap qo‘lida muntazam ravishda zarbalar yo‘lladi. Agbeko bittalik kuchli zarbalar bilan javob qaytarishga urindi, ammo unga tezlik va aniqlik yetishmadi.
Jang o‘rtalariga kelib ringda o‘zbekistonlik bokschining ustunligi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Meliqo‘ziyev korpus qismiga tinimsiz zarbalar yo‘llash orqali raqibni holdan toydirdi va bosimni oshirdi.
Hal qiluvchi palla yettinchi raundga to‘g‘ri keldi. Meliqo‘ziyev chap qo‘lda aniq zarba yo‘llab, ganalik bokschini polga qulatdi. Referi esa texnik nokaut qayd etdi.
Bu orqali u WBA Continental Americas kamarini himoya qildi.
Shuningdek, u WBA veb-saytida chempionlikka rasmiy da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. O‘yindan keyingi intervyusida Meliqo‘ziyev ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Xose Armando Resendis chempionlik kamarini himoya qilishini, WBA esa unga ushbu jang g‘olibiga qarshi chempionlik jangi va’da qilganini aytdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Bektemirning hisobida prof boksda 18 ta jang mavjud. Shundan 17 tasida (11 tasi muddatidan avval) g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bor mag‘lubiyatga uchragan.
Mavzuga oid
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025