Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Do‘st davlatlarmiz»: Rodriges AQShdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi
Venesuela vaqtincha prezidenti vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges AQSh prezidenti Donald Trampni o‘z mamlakatiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga va Venesuela neftiga qo‘yilgan blokadani olib tashlashga chaqirdi.
Bu haqda 27 fevral, juma kuni, Rodrigesning Venesuela davlat telekanali orqali qilgan murojaatiga tayanib AFP agentligi xabar berdi.
Rodriges AQSh tomoni 2025 yil yanvar oyi boshida Nikolas Maduroni qo‘lga olib, hokimiyatdan ag‘darganiga qaramasdan, ikki mamlakatni o‘zaro «do‘st davlatlar» deb hisoblashini ta’kidladi. U, shuningdek, Karakas hukumati «AQSh bilan hamkorlikning yangi kun tartibini ochish»ga intilayotganini aytdi — aynan shuning uchun ham Vashington neft blokadasini to‘xtatishi va Venesuelaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi kerak, dedi u.
Amerikalik harbiylar Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan keyin Rodriges Vashington bilan hamkorlikni boshlagan. Venesuela hukumati siyosiy mahbuslarga nisbatan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi — u hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan ayrim shaxslarni, shuningdek Maduro rejimiga qo‘llab-quvvatlov berishdan bosh tortgan sobiq amaldorlar va harbiylarni javobgarlikdan ozod qildi.
Rodriges foydali qazilmalar to‘g‘risidagi qonunlarda yirik islohotga ham erishdi: bu islohot Venesuela neft sohasini xorijiy investitsiyalar uchun ochib berdi. Donald Tramp 24 fevral kuni mamlakatdagi ahvol haqidagi murojaatida AQSh Venesueladan — Vashingtonning «yangi do‘sti va hamkori»dan taxminan 89 mln barrel neft olganini aytgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026