Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston blogerlarni soliqqa tortishda Rossiya tajribasini o‘rganmoqda
Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Rossiyaga tashrifi chog‘ida blogerlar va internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Moskvada rossiyalik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaning Rossiya Federal soliq xizmatiga ishchi tashrifi ilk kunida blogerlar hamda internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda, shuningdek, soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida media hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan yondashuv, ya’ni soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratish, ular bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish amaliyotini taqdim etdi.

2022 yilda Kun.uz YouTube vlogerlariga soliq idoralari tomonidan soliq xabarnomalari yuborilganiga e’tibor qaratgandi..
Rossiyada ham blogerlar daromadlari ustidan soliq nazorati bir necha yil avval kuchaytirilgan. 2021 yildan boshlab soliq xizmati yirik blogerlarning tushumlarini faol tekshira boshlagan, 2023 yilda esa ayrim inflyuyenserlarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Eng shov-shuvli ish – yuzlab million rubl miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangan Yelena Blinovskaya bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:49 / 21.02.2026
O‘qishga to‘langan kontrakt pulining 12 foizini qanday qaytarib olish mumkin?
22:45 / 12.02.2026
Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
17:00 / 11.02.2026
Yashirin iqtisodiyot bilan kurash: majburlash va rag‘bat tarozisi
09:32 / 07.02.2026