Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
Elchixonaning bildirishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari bo‘yicha Front orti buyrug‘i tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Elchixonaning bildirishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari bo‘yicha Front orti buyrug‘i tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi.
Elchixona vatandoshlardan rasmiy ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘ragan.
“Qizil rangdagi ogohlantirish – bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda siz:
• Yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejishche/mamat) yonida bo‘lishingiz lozim;
• Harakatlanishni cheklashingiz zarur;
• Sirena eshitilganda, zudlik bilan himoyalangan joyga kiring va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda qoling.
Ko‘k rangdagi ogohlantirish – xavf o‘tganini va himoyalangan joyni tark etish mumkinligini bildirish uchun beriladi. Boshpanalar yonida qolish shart emas”, deyiladi elchixona xabarida.
28 fevral kuni Isroil va AQSh kuchlari Eronga harbiy hujum uyushtirdi. O‘z navbatida, Eron ham Isroilga va AQShning Yaqin Sharq mamlakatlarida joylashgan harbiy bazalariga javob zarbalari yo‘lladi.
Mavzuga oid
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
10:15 / 17.06.2026