Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
Poytaxtda umumiy maydoni 21 gektar bo‘lgan hududda Toshkent iqlimiga mos daraxt va butalar ko‘chatlarini yetishtirish ishlari boshlandi. Maydon avtomatik tomchilatib sug‘orish tizimi bilan jihozlanib, sug‘orishda artezian suvidan foydalaniladi.
Toshkent shahri iqlimiga mos ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha yangi loyiha doirasida 21 gektar hududda daraxt va butalarni parvarishlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu maydonga eman, chinor, lipa, lola daraxti, zarang hamda sadaqayrag‘och kabi turlar ekilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, hudud to‘liq avtomatik tomchilatib sug‘orish tizimi bilan jihozlanadi. Sug‘orish jarayonlarida artezian suvidan foydalaniladi.
Hozirda 5 gektar maydonda ko‘chat ekish ishlari boshlangan bo‘lib, bu hududga 6 turdagi jami 8 640 ta daraxt ko‘chati ekish ko‘zda tutilgan. Ko‘chatlar ikki yil davomida shu yerda parvarish qilinib, keyinchalik Toshkent shahrining turli hududlariga ko‘chirib o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘chatlar Turkiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya, shuningdek Yevropa va Xitoydan keltirilmoqda. Ishlar turkiyalik mutaxassis nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026