Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Bu orqali lider tadbirkorlar ko‘magida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik yo‘nalishlarida 50 ming ayolning bandligi ta’minlanadi.
2026 yilda 1,5 million ayolni daromadli qilish uchun 25 trillion so‘mdan ziyod resurs yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroy qarorgohida tashkil etilgan bayram tadbirida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 23,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirildi, buning hisobidan 425 mingdan ortiq xotin-qizlar tadbirkorlikka jalb qilindi.
Misol uchun, to‘qimachilik sohasida 300 nafar ayolni band qilgan yangiariqlik Nargiza Bekmuratova o‘tgan yili ikkinchi fabrikani ochib, yana 100 ta ish o‘rni yaratgan. U 2025 yilda Anqara shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda “Xotin-qizlar uchun eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor ayol” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.
“Men bunday serg‘ayrat qizlarimizni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari deb bilaman. Ularni har qancha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, dedi prezident.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilda 166 ming xotin-qiz zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari esa axborot texnologiyalari sohasiga o‘qitiladi.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘z uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi. Bu orqali lider tadbirkorlar ko‘magida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik yo‘nalishlarida 50 ming ayolning bandligi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, “Hamroh” dasturi doirasida xotin-qizlarning 3 mingta loyihasiga jami 1 trillion so‘m ajratiladi.
Umuman, 2026 yilda 1,5 million ayolni daromadli qilish, shundan 400 ming nafarini biznesga jalb etish bo‘yicha katta marra olingan. Ushbu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ziyod resurs yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
18:10 / 08.05.2026
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
17:37 / 08.05.2026