Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Moskva o‘rtasida Jyenevada erishilgan kelishuvlarga muvofiq harbiy asirlar almashinuvining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Ukrainaga 300 nafar harbiy va ikki nafar fuqaro qaytdi.
Foto: Telegram/Wolodymyr Selenskyj
Rossiya va Ukraina “300 ga 300” formulasi bo‘yicha yangi harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Bu haqda 6 mart, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar qildi. Bu ma’lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi.
Zelenskiyning aytishicha, 300 nafar harbiy xizmatchidan tashqari, Ukrainaga ikki nafar fuqaro ham qaytarilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning aksariyati Rossiya asirligida bir yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan, ayrimlari esa 2022 yildan beri asirlikda saqlangan. “Har birini yodda tutamiz va albatta barcha odamlarimizni qaytarishimiz kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
“Novaya Gazeta. Yevropa” nashriga almashinuv jarayonida qatnashgan “Nash vyxod” harakati koordinatori Irina Krininaning aytishicha, bu harbiylarning yarmidan biroz ko‘prog‘i 2025 yilda, qolganlari esa 2024 yilda asirga tushgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, almashinuv Amerika Qo‘shma Shtatlari va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ishtirokida o‘tgan. Idora qo‘shimcha qilishicha, hozirda Rossiya harbiy asirlari Belarus hududida joylashgan.
5 mart kuni Rossiya va Ukraina Jyenevadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida “200 ga 200” formulasi bo‘yicha harbiy asirlar almashdi. Bundan avvalgi shunday almashinuv 2026 yil fevral boshida bo‘lib o‘tgan edi — o‘shanda Rossiya va Ukrainaga 157 nafardan harbiy asir qaytarilgan.
Mavzuga oid
17:15
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
15:51
Dubay aeroporti yaqinida dron quladi. Aeroport endigina ochilayotgan edi
15:41
Yevrokomissiya Zelenskiyning Orbanga tahdidini tanqid qildi
14:47