Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yaqin uch kun havo sifati yomonlashishi mumkin
Bugundan boshlab mamlakat hududiga sovuq antitsiklon kirib kelishi munosabati bilan atmosfera havosi sifati yomonlashishi kutilmoqda.
Foto: Kun.uz
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, havo aylanishining sustligi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida to‘planib borishi mumkin.
Ayni paytda hududda harorat inversiyasi shakllanishiga olib keluvchi meteorologik sharoitlar kuzatilmoqda. Bu kechasi +5…+7°C va kunduzi +16…+18°C bo‘lgan keskin harorat farqi bilan bog‘liq. Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi ta’sirida qolmoqda.
Ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik va deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilib, bu havo almashinuvining juda sekin kechishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada chiqindilar shahar hududida saqlanib qoladi.
Atmosferada shaharga xos bo‘lgan odatiy ifloslantiruvchi moddalar to‘planishi mumkin. Ularning asosiy manbalari avtotransport, isitish tizimlari, yoqilg‘ini yoqish hamda sanoat chiqindilaridir. Bunday sharoitda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi sust kechadi va havoda chang hamda mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasining ortishi kuzatilishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, bunday vaziyat yaqin uch kun davomida saqlanib turishi mumkin. 10 martga borib sovuq antitsiklon mamlakat hududini to‘liq qamrab oladi. Havo harorati barqarorlashishi, shamol tezligining oshishi hamda yog‘ingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:36 / 03.03.2026
Toshkentda havo sifati: yomg‘irdan keyin PM2,5 qayta oshishi mumkin
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
10:38 / 13.12.2025
Toshkent havosida PM10 va PM2,5 ko‘rsatkichlari me’yordan oshmadi
10:13 / 11.12.2025