Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroyda 101 mln so‘m olgan gaz ta’minoti sohasi xodimi ushlandi
Yakkasaroy tumanida gaz hisoblagich uskunasini yuqori sig‘imli uskunaga almashtirib berish va texnik shartlarni tayyorlab berishni va’da qilgan gaz ta’minoti sohasi xodimi 101 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda “Yangihayot tumangaz” gaz ta’minoti filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi E.P. (hozirda sobiq) Q-M. oilaviy korxonasiga qarashli kafeda o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasini yuqori sig‘imli gaz hisoblagichga almashtirib, texnik shartlarni tayyorlab berish evaziga A.O.dan 101 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.02.2026
Yakkasaroyda daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesilgani aniqlandi
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
11:43 / 21.01.2026
Tadbirkorning loyiha hujjatlarini asossiz kechiktirgan qurilish boshqarmasi xodimi javobgarlikka tortildi
19:46 / 17.12.2025