Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Mujtabo Xominaiyni yangi oliy rahbar deb e’lon qildi
Eron ekspertlar kengashi islom respublikasining oliy rahbari lavozimiga o‘ldirilgan Ali Xominaiyning o‘g‘li - Mujtabo Xominaiy saylanganini tasdiqladi.
Foto: Tasnim
Eronning rahbar organi — ekspertlar kengashi o‘ldirilgan Ali Xominaiyning o‘g‘li Mujtabo Xominaiyni mamlakatning yangi oliy rahbari deb e’lon qildi. Bu haqda davlat organining bayonotida aytilgan bo‘lib, u mahalliy vaqt bilan 9 mart, dushanba kuni yarim tundan ko‘p o‘tmay e’lon qilingan.
Ekspertlar kengashi islom respublikasining yangi oliy rahbarini tayinlash haqida qaror qabul qilgani haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida kengashning bir necha a’zosiga tayanib 8 mart ertalab paydo bo‘lgan edi. Bu xabar Ali Xominaiy AQSh va Isroil tomonidan harbiy operatsiya chog‘ida o‘ldirilganidan bir hafta o‘tib tarqalgan, ammo uning aynan kim vorisi bo‘lishi aytilmagan edi.
Bir necha kun avval, 3 mart kuni, 56 yoshli Mujtabo Xominaiy Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlangani haqida DW'ning mamlakat ichidagi, ismini oshkor qilishni istamagan manbalari xabar bergan edi.
Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) 8 mart kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida Ali Xominaiyning vorisi bo‘lgan har qanday shaxsni ta’qib qilish va’dasini yana bir bor takrorladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu kuni shunday dedi: agar Tehron avval Oq uyning roziligini olmasa, Eronning yangi oliy rahbari “uzoq rahbarlik qilmaydi”.
ABC News Trampning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Agar u bizning roziligimizni olmasa, u uzoq turmaydi. Biz har 10 yilda bu masalaga yana qaytishga majbur bo‘lmasligimizga ishonch hosil qilishni istaymiz. Men besh yildan keyin bu masalaga yana qaytib, xuddi shu ishni qilishga majbur bo‘lishimizni yoki, bundan ham yomoni, ularga (Eron hokimiyatiga — tahr.) yadroviy qurolga ega bo‘lishga imkon berishimizni istamayman”.
Bundan avval Tramp Eronda hokimiyatga Mujtabo Xominaiy kelishiga qarshi ekanini va mamlakatning yangi rahbarini tanlashda shaxsan ishtirok etish niyatida ekanini aytgan edi.
U 5 mart kuni Axios nashriga bergan intervyusida shunday degan: “Ular vaqtni behuda sarflayapti. Xominaiyning o‘g‘li — arzimas kimsa. Men tayinlashda ishtirok etishim kerak, xuddi Venesuelada Delsi bilan bo‘lganidek (Nikolas Maduro ag‘darilgandan keyin Venesuelaning muvaqqat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges — tahr.)”.
Islom respublikasini 1989 yildan beri boshqarib kelgan Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshida o‘ldirilgan.
Mamlakatning oliy rahbari Eronda ekspertlar kengashi a’zolari tomonidan tayinlanadi. Islom huquqi sohasida mutaxassis deb hisoblanadigan 88 kishidan iborat ushbu davlat organi Eron fuqarolari tomonidan har sakkiz yilda bir marta saylanadi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududiga zarbalar bera boshladi.
Islom respublikasi bunga javoban dronlar va raketalar bilan Isroilga hamda Yaqin Sharqda Vashingtonning ittifoqchilari bo‘lgan mamlakatlarga hujum qildi.
Tehron bayonotiga ko‘ra, Eron zarbalarining nishonlari — ushbu mamlakatlardagi Amerika harbiy bazalari bo‘lgan.
AQSh va Isroilning harbiy operatsiyasi natijasida Eronning oliy rahbari Ali Xominaiydan tashqari, islom respublikasining yana bir qator yuqori lavozimli amaldorlari ham o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
15:02
AQSh harbiy qo‘mondonligi Erondagi urush boshidan beri 8 harbiysi o‘limini tasdiqladi
13:55
«Kislotali bulutlar» haqidagi xabarlar ilmiy jihatdan asossiz – O‘zgidromet
13:22
Eronda 175 kishi halok bo‘lgan maktab hududiga AQShning Tomahawk raketasi urilgani ma’lum bo‘ldi
13:21