Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yangi oliy rahbarga qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi
56 yoshli Mujtaba Xominaiy mamlakat oliy rahbari lavozimini egalladi.
Foto: The New York Times
Tehronda amaldagi siyosiy rejim tarafdorlarining yangi oliy rahbar Mujtaba Xominaiyga tantanali qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning otasi, sobiq oliy rahbar Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil va AQSh zarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Eronning davlat ommaviy axborot vositalari bir nechta shaharlardagi katta olomon yangi rahbar fotosuratlarini ko‘tarib, Eron bayroqlarini hilpiratganini va qo‘llarida uning otasi portretlarini ushlab turganini ko‘rsatdi.
56 yoshli Mujtaba Xominaiy - shia ruhoniysi. U Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan yaqin aloqalari bilan tanilgan, deb yozdi The New York Times. Gazeta manbalariga ko‘ra, Ali Xominaiyning o‘limidan so‘ng IIQK uning o‘g‘lini tayinlashni talab qilgan.
Livandagi shialarning «Hizbulloh» harakati 9 mart kuni Eronga sodiq qolishini ma’lum qildi.
«Hizbulloh» Eronning yangi rahbariga sodiqligini tasdiqladi va Mujtaba Xominaiy davlatni boshqarish vazifasini bajarishda muvaffaqiyatga erishishiga umid bildirdi», deyiladi harakat xabarida.
Eronda oliy rahbar mamlakat taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini belgilaydi, davlat ishlarini bevosita boshqarish bilan esa odatda shug‘ullanmaydi. Oliy rahbarga IIQK bevosita bo‘ysunadi.
Mavzuga oid
23:04 / 09.03.2026
Fransiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash uchun harbiy missiya tayyorlamoqda
22:38 / 09.03.2026
Tramp Eron bilan urush tufayli neft narxini jilovlash choralarini o‘rganmoqda
21:53 / 09.03.2026
Eron hukumati AQSh va Isroil tarafdorlarining mol-mulkini musodara qiladi
19:03 / 09.03.2026