Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahbar ayollarning yillik reytingi yangilandi
«Yuksalish» harakati tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvida faoliyat yuritayotgan rahbar ayollarning yangilangan yillik top-40 reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatni shakllantirishda 100 nafardan ortiq nomzod faoliyati ekspertlar tomonidan tahlil qilindi.
Ma’lum qilinishicha, reyting boshqaruvdagi natijalar, islohotlardagi ishtirok, sohaviy ta’sir va jamoatchilik ishonchi kabi mezonlar asosida tuzilgan.

Top-40 ro‘yxatidan davlat va jamiyat boshqaruvining turli bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan ayol rahbarlar o‘rin olgan. Ular orasida prezident administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, moliya va bank tizimi, ta’lim hamda sud-huquq tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar bor.
Qayd etilishicha, reytingdan joy olgan ayollarning ko‘pchiligi keyingi yillarda davlat boshqaruvida yuqoriroq lavozimlarga tayinlangan. Ayrimlari esa hududiy darajadagi rahbarlikdan respublika darajasidagi lavozimlarga ko‘tarilgan. Shuningdek, qator nomzodlar sohaviy rahbar, qo‘mita yoki agentlik darajasida qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
18:10 / 08.05.2026
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
08:38 / 22.04.2026
Eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar reytingi e’lon qilindi
08:04 / 17.04.2026