Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana o‘smirlar mashina boshqarib yurgani ma’lum bo‘ldi
Ularning otasi farzandlarini tartibga chaqirib qo‘yishni so‘rab borgan mahalladoshlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Bu holat jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, ota 5 sutkaga qamaldi, mashinalardan biri jarima maydonchasiga olib ketildi.
Foto: Videodan kadr
O‘zbekiston yo‘llarida voyaga yetmagan shaxslarning katta tezlikda mashina boshqarishi davom etmoqda.
Toshkent shahrida 13 yoshli o‘smirlar avtomobil ruliga o‘tirib, ichki yo‘llarda katta tezlikda harakatlangani ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bolalar bir necha marta turli mashinalar rulida o‘tirgani, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzganini ko‘rish mumkin.
Shundan keyin bolalar yashaydigan mahalla aholisi ular yashaydigan uyga shikoyat qilib borgan. Ammo o‘smirlarning otasi farzandlarini tartibga chaqirib qo‘yishni so‘rab kelgan mahalladoshlariga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolalarning otasi Nozim Azizov bo‘lib, u mamlakatdagi yirik farmatsevt tadbirkorlardan biri hisoblanadi.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqda keng tarqalib, muhokamalar markaziga chiqqach, Nozim Azizovga nisbatan bolalarga tarbiya bermaslik va mayda bezorilik moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi va u 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Holat yuzasidan poytaxt YHXB tomonidan e’lon qilingan videoda ota biror marta farzandlariga mashina kalitini bermagani, ular faqat bir marta mashinani so‘roqsiz olib chiqib ketib haydaganini ta’kidlagan. Uning bu so‘zlari esa egizaklar muntazam ravishda mashina minib, qoidabuzarliklar sodir etish bilan mashg‘ul bo‘lgani haqidagi ko‘plab videolarga mos kelmaydi.
Bolalar haydagan mashinalardan biri jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Manbalarga ko‘ra, ular haydagan boshqa mashinalar ham jarima maydoniga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi Doniyor Turg‘unov BMW mashinasida YPX inspektorini urib yuborgan va xodim olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgandi. O‘smirga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
10:50 / 27.02.2026
«Atigi o‘nta minimalka» haqida maqtangan qoidabuzar ham uzr so‘radi
14:24 / 03.02.2026
Internetda haqorat va so‘kinish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda
18:12 / 21.01.2026
Shaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi
19:06 / 26.12.2025