Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabarovskdagi 75 nafar o‘zbekistonlik mahbus bilan suhbat o‘tkazildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xabarovsk o‘lkasi Amursk shahridagi 14-sonli, Komsomolsk-Amur shahridagi 7-sonli hamda Xabarovsk tumanidagi 13-sonli jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan 75 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan konsullik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tashrif davomida muassasalarda mahkumlar uchun ajratilgan turar-joylar, umumiy ovqatlanish binolari hamda madaniy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan xonalar ko‘zdan kechirildi.
Ozodlikdan mahrum etilgan vatandoshlar bilan suhbat chog‘ida ularning ahvoli, salomatligi, mavjud muammo va kamchiliklari haqida fikr almashildi. Shuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlari tomonidan qiynash yoki majburiy mehnatga jalb etish holatlari mavjud yoki mavjud emasligi ham surishtirildi.
Mahbuslar muassasadagi sharoitlardan qoniqayotgani va ularni qiynayotgan jiddiy muammolar mavjud emasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ular sud tomonidan belgilangan jazo muddatining qolgan qismini O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida o‘tash masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Bosh konsulxona xodimlari mazkur masala yuzasidan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tegishli ikki tomonlama shartnoma imzolanmagani sababli, jazoning qolgan qismini yurtimizda o‘tash imkoniyati mavjud emasligini tushuntirdi.
Shuningdek, vatandoshlarga jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda chet el davlatlari harbiy tuzilmalariga yollangan taqdirda, ular O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Suhbat yakunida mahbuslarga Bosh konsulxona manzili va telefon raqamlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, muammolar yuzaga kelgan taqdirda murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
Mavzuga oid
18:10 / 24.02.2026
Jazo muddatini o‘tagan yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
10:40 / 21.01.2026
Turkiyada qamoqdagi o‘zbeklar bilan konsullik suhbati o‘tkazildi
09:57 / 14.01.2026
Venesuela hukumati: qamoqxonalardan 400 dan ortiq mahbus ozod etildi
19:45 / 05.01.2026