Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar ma’lum qilindi
2025 yilda O‘zbekistonda demografik o‘sish yuqori sur’atlarda davom etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatda jami 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Tahlillarga ko‘ra, ayrim tuman va shaharlarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan. Xususan, Namangan shahri 18 524 ta tug‘ilish bilan respublika bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda esa Samarqand viloyatining Urgut tumani (16 212 ta) va Andijon shahri (14 581 ta) qayd etildi.
Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyatining Denov tumani (12 406 ta) va Samarqand shahrida (11 819 ta) ham kuzatildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar top–10 taligi quyidagicha shakllangan:
- Namangan shahri — 18 524 ta;
- Urgut tumani — 16 212 ta;
- Andijon shahri — 14 581 ta;
- Denov tumani — 12 406 ta;
- Samarqand shahri — 11 819 ta;
- Past Darg‘om tumani — 9 782 ta;
- Koson tumani — 9 159 ta;
- Qamashi tumani — 9 115 ta;
- Olmazor tumani — 9 035 ta;
- Asaka tumani — 8 266 ta.
Tug‘ilishlar sonining yuqori bo‘lishi hududlarda aholi zichligi, yosh oilalar ulushi hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash va ona-bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan dasturlar ham demografik ko‘rsatkichlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatda tug‘ilishlar dinamikasi demografik barqarorlikni ta’minlash va kelgusi yillarda mehnat resurslari salohiyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:13
Qurilish sohasida kichik korxonalar yetakchi o‘rinni egallamoqda
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
15:41 / 09.03.2026
O‘zbekistonda o‘tgan oyda qaysi sabzavot va mevalar qimmatladi?
15:21 / 09.03.2026