Jahon | 22:48 / 12.03.2026
1758
2 daqiqa o‘qiladi

Eron uzoq vaqtdan beri Ukrainaning dushmaniga aylangan – Zelenskiy

Ukraina prezidentining eslatishicha, Eron uzoq vaqtdan beri Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lib kelgan va «Rossiyaga dronlarni ommaviy ravishda yetkazib bermoqda».

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

2022 yilda «Shohid» dronlarining Ukrainaga birinchi zarbalari eronlik operatorlar tomonidan berilgan, chunki shu paytda Rossiyada bunday xodimlar yo‘q edi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Xususan, Zelenskiy «Shohid»larga qarshi kurashuvchi ukrainalik mutaxassislar Yaqin Sharqqa yuborilganidan keyin Ukraina Eron uchun dushmanga aylanmaydimi, degan savolga javob berdi.

Prezidentning eslatishicha, Eron uzoq vaqtdan beri Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lib kelgan va «Rossiyaga dronlarni ommaviy ravishda yetkazib bermoqda». Shuningdek, Eron Yaqin Sharqdagi hozirgi urush boshlanishidan oldin ham Rossiyaga artilleriya snaryadlari va raketalar bergan.

«Shimoliy Koreya Rossiyaga 6-7 million artilleriya [snaryadlari] bergan, Eron menimcha, 150 ming, taxminan, bir necha yuz ming snaryad bergan, ammo raketalar ham bergan. Shuningdek, litsenziya ham bergan», dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya bosqinining birinchi yilidayoq Eron Ukrainaga qarshi urushda bevosita ishtirok etganini eslatdi.

«Biz birinchi «Shohid»lar qanday uchirilganini bilamiz. Rossiyalik operatorlar yo‘q edi, boshqa mamlakat operatorlari bor edi. Eronliklar uzoq vaqtdan beri hujjatlarda ham, real harakatlarda ham Rossiyaning ittifoqchilari bo‘lib kelgan», dedi Zelenskiy.

 

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid