Jahon | 21:21 / 13.03.2026
2057
2 daqiqa o‘qiladi

Nikita Xrushchevning evarasi «chet el agenti» deb e’lon qilindi

Nina Xrushcheva Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralagan. Uning ustidan Z-faollar shikoyat yozgan. Ayol 1991 yildan beri AQShda yashaydi.

Foto: Imago

Rossiya Adliya vazirligi siyosatshunos va yozuvchi Nina Xrushchevani «chet el agentlari» reyestriga kiritdi.

U 1953 yildan 1964 yilgacha KPSS Markaziy Qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi va SSSR Vazirlar Kengashi raisi bo‘lgan Nikita Xrushchevning evarasi.

Nina Xrushcheva Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralagan. Uning ustidan Z-faollar shikoyat yozgan. Ayol 1991 yildan beri AQShda yashaydi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «chet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va tashkilotlar o‘z faoliyati va xarajatlari to‘g‘risida Adliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot taqdim etishi, barcha maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «chet el agenti» ekanini belgilab qo‘yishi shart.

2022 yil oxiridan boshlab Rossiya Adliya vazirligi chet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda. Hozirgacha unga mingga yaqin shaxs va tashkilot kiritilgan.

«Chet el agenti» haqidagi talablarni buzganlik uchun jarima va hatto jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid