Moskvaning Basmanniy tuman sudi hozirda Rossiya Federatsiyasidan taşqarida istiqomat qilayotgan jurnalist Yuriy Dudni Rossiya qonunçiligida «çet el agentlari» böyiça nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarişdan böyin tovlaganlik işi böyiça ikki oy muddatga hibsda saqlaş töğrisida qaror çiqardi. Bu haqda 22 iyul, seşanba kuni keçqurun Moskva sudlari matbuot xizmati Telegram-kanalida xabar berdi.

Sud tomonidan tanlangan ehtiyot çorasi Dud Rossiya hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan yoki mamlakatda hibsga olingan paytdan e’tiboran amalga oşirilişi kerakligi körsatilgan. Ayni paytda TASS agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, jurnalist xalqaro qidiruvga berilgani haqida xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi iyul oyi boşida Yuriy Dudga nisbatan «çet el agenti» vazifasini bajarmaganligi uçun jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qildi. Unga qöyilgan moddaning eng yuqori jazosi beş yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.

2022 yil aprel oyida Rossiya rasmiylari Dudga «çet el agenti»-OAV maqomini berdi. «Kommersant» gazetasining eslatişiça, 2024 yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi uning «çet el agentlari» reyestriga kiritilganligi töğrisida jurnalistga xabar berilmagani sababli Adliya vazirligiga nisbatan fuqarolik da’vosini körib çiqişdan boş tortgan.