O‘zbekiston | 10:31 / 13.03.2026
1502
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro R.M. bilan muloqot o‘tkazildi.

Foto: Dunyo

Suhbat davomida vatandosh 2023 yil aprel oyida Polsha Respublikasiga ishchi vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelganini ma’lum qildi. Hozirga qadar u og‘ir kasallikka chalingan bo‘lib, Polshadagi tibbiy muassasalardan birida davolangan.

Shu munosabat bilan fuqaro vatanga qaytish hamda O‘zbekistonda davolanishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat inobatga olinib, O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda fuqaroning vatanga qaytishi uchun zarur choralar ko‘rildi. Xususan, unga aviachipta xarid qilinib, uchishgacha bo‘lgan davrda vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlandi.

11 mart kuni fuqaro R.M. Varshava — Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid