O‘zbekiston | 12:21
2924
1 daqiqa o‘qiladi

Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi

DXX hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokimlik tizimida faoliyat yurituvchi ayrim mansabdor shaxslarning yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion harakatlari fosh etildi.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida hokimlik bosh mutaxassisi fuqaroning yashash xonadoniga tutash davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdosida yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktirib, mahalliy fermer xo‘jaligi rahbari noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan 41,6 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksion savdolariga chiqarmasdan tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid