Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish shartlari ma’lum bo‘ldi
Shartlar Erondan sanksiyalarni olib tashlash, Amerika harbiy bazalarini yopish, Eronning muzlatilgan aktivlarini blokdan chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Foto: AP
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ma’lum shartlarda kemalar o‘tishi uchun ochishga tayyor, ular orasida sanksiyalarning kafolatlangan bekor qilinishi ham bor, deb xabar berdi Eronning Tasnim nashri.
«Ho‘rmuz bo‘g‘ozi faoliyatining qayta tiklanishi sanksiyalarni kafolatli bekor qilish, Amerika [harbiy] bazalarini yopish, muzlatilgan aktivlarni blokdan chiqarish va dollardan boshqa valutalarda savdoni rivojlantirish kabi dastlabki shartlar bilan bog‘liq», deyiladi xabarda.
Avvalroq Tehron AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasida ishtirok etmayotgan davlatlarning ayrim kemalariga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘oz yopilmagan, biroq u orqali kemalar qatnovi faqat ma’lum shartlar asosida amalga oshiriladi. Ularning mohiyatini ochib bermadi.
Eronning yuqori martabali mulozimi avvalroq CNN telekanaliga Tehron neft tankerlarining yuklari Xitoy yuanida sotilishi sharti bilan ularni Hurmuz bo‘g‘ozi orqali cheklangan tarzda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) avvalroq AQSh va Isroil elchilarini chiqarib yuborishni bo‘g‘ozdan istalgan mamlakat kemalari o‘tishi uchun shart deb atagan edi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali jahon neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan gaz ta’minotining 30 foizi o‘tadi, u eng muhim energetik arteriya hisoblanadi.
AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng, Eron amalda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini to‘xtatdi. Shu fonda dunyoda energiya narxlari keskin oshdi: yoqilg‘i tashuvchi tankerlar, birinchi navbatda, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan yoqilg‘i tashiy olmayapti. Mintaqadagi ba’zi neft kompaniyalari fors-major e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Eron IIQK mamlakat harbiy-dengiz kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilayotganini aytdi. Eron qirg‘oqbo‘yi davlati sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega, dedi Baqoiy.
Mavzuga oid
22:22 / 16.03.2026
Tramp Eron bilan urushning dastlabki natijalari haqida hisobot berdi
19:15 / 16.03.2026
Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin
18:58 / 16.03.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun ittifoqchilaridan yordam so‘radi
15:47 / 16.03.2026