O‘zbekiston | 10:13 / 18.03.2026
3458
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi

Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Ikki kunlik safar davomida hududda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ko‘zdan kechiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari joylardagi bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi, shuningdek, qator yangi obektlarni ishga tushirish marosimlarida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, tashrif doirasida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur tashrif hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid