Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
Suhbat davomida tomonlar so‘nggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berdilar.
Foto: Prezident matbuot xizmati
20 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ikki davlat yetakchilari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr va qutlug‘ Navro‘zi olam bayramlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va davomiy ravnaq tilaklari izhor etildi.
O‘zbekiston prezidentining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga ko‘targani alohida ta’kidlandi.
Oliy darajadagi tashrifdan keyin vazirliklar, idoralar va hududlar darajasidagi muloqotlar yanada faollashgani, o‘zaro almashinuvlar aniq natijalar bilan boyib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbat davomida tomonlar so‘nggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berdilar”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:38
Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
16:34
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
19:50 / 19.03.2026