Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
Turkiyaning Hatay viloyati hokimi o‘rinbosari Mehmet Tural boshchiligidagi 200 nafarga yaqin hatayliklardan iborat delegatsiya Andijonga keldi. Ular uchun Andijon–Samarqand–Xiva yo‘nalishi bo‘ylab 5 kunlik sayohat dasturi tashkil etilgan.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonga safarini boshladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Turkiya tomoni bilan muzokaralar olib borilib, Hatay viloyati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini 20-24 mart kunlari tashkil etishga kelishilgan. Kelishuv doirasida Hatay viloyati hokimi o‘rinbosari Mehmet Tural boshchiligida 200 ga yaqin hatayliklardan iborat delegatsiya Andijonga keldi.

Mehmonlar aeroportda tantanali kutib olingan. Ular viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birgalikda Bobur shahrida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayramida ishtirok etgan. Shuningdek, ularni hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, tarixiy-madaniy obidalari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek xalqining zilziladan jabr ko‘rgan qardosh turk xalqiga yordami o‘laroq Turkiyaning Hatay viloyatida qurilgan “O‘zbekiston” turar joy majmuasini yanvar oyi oxirida ikki davlat prezidentlari tantanali tarzda ochib berishgandi. O‘shanda prezident Shavkat Mirziyoyev Hatay aholisini Navro‘z bayramida O‘zbekistonga 5 kunga olib kelishni va Andijon-Samarqand-Xiva yo‘nalishida sayohat qildirishni taklif etgandi.




Mavzuga oid
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
19:01 / 10.05.2026