Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Navro‘zning tinchlik va hamkorlik g‘oyalari bugun yanada dolzarb
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalarida so‘zlab, ming yillar davomida xalqlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘lib kelayotgan ushbu bayramning tinchlik, do‘stlik va hamkorlik g‘oyalari bugungi notinch zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, Navro‘z asrlar davomida turli xalq va millatlarni yaqinlashtirib kelgan, insonlarni ezgulik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat ruhida birlashtirgan ulug‘ bayramdir.
Prezidentning qayd etishicha, bugun yurtda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari Navro‘zni bir oiladek, shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda. Bu esa mamlakatdagi ahillik va totuvlik muhitining yana bir yorqin ifodasi bo‘lmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ana shunday hamjihatlik va o‘zaro hurmat Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etishning eng ishonchli kafolati ekanini urg‘uladi.
“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qo‘shni va qardosh mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi bo‘lib, mintaqamizning tinchlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, dedi prezident.
Davlat rahbari tantanali tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillarini ham Xalqaro Navro‘z kuni bilan samimiy qutlab, ular orqali barcha do‘st xalqlarga ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Qayd etilganidek, Navro‘zning tinchlikparvar va birlashtiruvchi g‘oyalari bugun nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
10:18 / 25.05.2026