Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi hamda zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2” rusumli avtomobil yonib ketdi.
Toshkent viloyati FVBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 21 mart kuni sodir bo‘lgan.
Soat 11:48 da viloyat FVBBga tumandagi O‘zgarish ko‘chasida “Nexia-2” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 11:53 da yetib borgan, yong‘in 11:56 da bartaraf etilgan.
“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘in sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026