Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindiston bilan biznes aloqalarni faollashtirishga kirishdi
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) bosh direktori Jyoti Vij bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabar qilishicha, muzokaralar davomida aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Elchi mazkur yig‘ilish doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida biznes-forumlar tashkil etishni taklif qildi. Ushbu tadbirlarda ikki mamlakatning yetakchi tadbirkorlari ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Jyoti Vij FICCI tomonidan nufuzli hind biznes-delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, aprel oyining birinchi yarmida hind kompaniyalari hamda O‘zbekistonning manfaatdor vazirlik va tarmoq tashkilotlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, FICCI Hindistonning eng yirik biznes-assotsiatsiyalaridan biri bo‘lib, 250 mingdan ortiq kompaniyani birlashtiradi hamda mamlakat hukumati bilan iqtisodiy siyosat va investitsiya masalalarida yaqin hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
20:21 / 20.03.2026
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashda hamkorlikni taklif etdi
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
09:12 / 19.03.2026
Hindiston O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishni taklif qildi
09:03 / 17.03.2026