Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Polsha tajribasini agrar sohaga joriy etishni ko‘zlamoqda
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi rahbariyati hamda Polsha barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat uyushmasi direktori Olaf Xorbanchuk o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: iStock
“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori sifatli urug‘chilik tizimini rivojlantirish, barqaror agrar ishlab chiqarishni ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Polsha tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash va imzolash yuzasidan kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:41 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda 10 oygacha qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin
18:56 / 18.05.2026
Chorva mollari va asalarilar QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan ro‘yxatga kiritildi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
20:29 / 03.05.2026