Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pulkovo yopildi, o‘nlab reyslar kechikdi: Leningradga dronlar hujumi
Leningrad viloyati hokimiyati bir necha soatdan beri davom etayotgan ukrain dronlarining ommaviy hujumi haqida ma’lum qildi. Viloyat rahbari Aleksandr Drozdenkoning xabar berishicha, dushanba kuni soat 07:20 gacha viloyat ustida 60 dan ortiq dron urib tushirilgan.
«Fontanka» yozishicha, dronlar hujumi xavfi haqida ogohlantirish mintaqa aholisiga tungi soat birlar atrofida yuborilgan. Ertalab soat sakkizgacha esa xavf bekor qilingani haqida signal berilmagan.
Pulkovo aeroporti yarim tunda reyslarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatdi. Oqibatda o‘nlab reyslar kechiktirildi, bir qismi esa bekor qilindi yoki zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi. «Fontanka» ma’lumotiga ko‘ra, 28 ta samolyot boshqa aerodromlarga ketgan, 34 ta reys ikki soatdan ortiqqa kechikkan va 30 ta uchish reysi bekor qilingan.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:00 da Moskva vaqti bilan Rosaviatsiya Pulkovo uchun reyslarni qabul qilish va jo‘natishga qo‘yilgan to‘liq cheklovni bekor qildi. Biroq aeroport reyslarni «tegishli idoralar bilan kelishilgan holda» qabul qilish va jo‘natishda davom etmoqda.
Drozdenkoning aytishicha, dronlar hujumi vaqtida Primorsk portida yonilg‘i saqlanadigan rezervuar shikastlangan va yong‘in chiqqan. Shuningdek, Viborg tumanidagi Yermilovo posyolkasi yaqinida bir dron elektr uzatish liniyasi tayanchiga zarar yetkazgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
22 mart kuni ham Leningrad viloyati ustida urib tushirilgan dronlar haqida xabarlar berilgan edi. Yakshanba kuni kunduzi Sankt-Peterburgda mobil internet o‘chirilgan, o‘sha paytda esa dronlar hujumi xavfi haqida rasmiy ogohlantirish tarqatilmagani aytilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 23 martga o‘tar kechasi Rossiya hududi ustida jami 249 ta uchuvchisiz apparat urib tushirilgan.
Mavzuga oid
15:22 / 02.09.2025
Rossiyadan 16 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
11:53 / 03.01.2025
Leningrad oblastida maktab o‘quvchilari «natsizm reabilitatsiyasida» gumonlanmoqda
08:21 / 03.09.2024