Leningrad oblastida, politsiya ma’lumotlariga köra, 29 dekabr kuni Kingiseppdagi Abadiy olovni qor bilan öçirib qöygan 4-5-sinflarning uç nafar maktab öquvçisi qölga olindi, deb xabar berdi 1 yanvar, çorşanba kuni "Fontanka" naşri. Unga köra, maktab öquvçilari mahalliy ma’muriyat rahbari örinbosari memorial boğdagi öçirilgan olov yuzasidan politsiyaga şikoyat qilganidan keyin qölga olingan. Yodgorlik 1919 yilda fuqarolar uruşi paytida otib taşlangan qizil armiya askarlariga bağişlangan. Bundan taşqari, parkda Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan askarlar va ofitserlar, şuningdek, konslager mahkumlariga yodgorliklar mavjud.

Tergov qömitasining Kingisepp rayoni böyiça boşqarmasi «bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, natsizmni reabilitatsiya qiliş» böyiça jinoiy iş qözğatdi, bu beş yilgaça qamoq yoki 5 million rublgaça jarima bilan jazolanadi.

Qölga olingan ösmirlarning ikki nafari 10 yoşda, uçinçisi 11 yoşda. Rossiyada jinoiy javobgarlik 16 yoşdan boşlanadi, şuning uçun maktab öquvçilari jinoiy iş figuranti bölolmaydi. "Fontanka" xabariga köra, ular politsiya bölimida söroq qilinganidan keyin ota-onalariga topşirilgan. Yaqin kunlarda ular voyaga yetmaganlar işlari böyiça inspektor bilan uçraşuv ötkazişadi.