Leningrad harbiy okrugi qömondoni örinbosari, general-mayor Valeriy Möminjonovga nisbatan öta yirik miqdorda pora olgani uçun jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda 2 sentabr, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi ma’lum qildi. Möminjonov qölga olingan, hozirda unga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaş masalasi hal qilinmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Tergov ma’lumotlariga köra, harbiy amaldor Rossiya Mudofaa vazirligining resurslar bilan ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan va harbiylarni kiyim-keçak bilan ta’minlaş uçun javobgar bölgan davrida 20 million rubldan ortiq miqdorda pora olgan. Möminjonov, Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, Mudofaa vazirligi manfaatlarini közlab, tijorat kompaniyalari bilan 1,5 milliard rubldan ortiq şartnomalar tuzişga «kömaklaşgan», şu jumladan Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harbiy amaliyotlar zonasida.

«Tergov davomida Möminjonov va uning oila a’zolarining Moskva va Voronej şaharlarida qiymati 120 million rubldan ortiq bölgan köplab köçmas mulk obektlari borligi aniqlandi, ularni sotib olişning qonuniyligi tekşirilmoqda», — deyiladi RF Tergov qömitasi xabarida.

Şoyguning uçinçi sobiq örinbosari firibgarlik işi böyiça uşlandi

29 avgust kuni Tergov qömitasi Rossiya mudofaa vazirining sobiq örinbosari Pavel Popovga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Tergov ma’lumotlariga köra, 2021 yildan 2024 yilgaça Popov «Patriot» boği işini taşkil qiliş uçun mas’ul bölgan va «boyib ketgan». Şu kuni Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudi Popovni 29 oktyabrgaça tergov izolyatoriga jönatdi. 

Rossiya Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, harbiy amaldor boğ direktori Vyaçeslav Ahmedov va Rossiya Mudofaa vazirligi innovatsion rivojlaniş boş boşqarmasi boşliği örinbosari Vladimir Şesterov bilan til biriktirgan, ularga nisbatan ham jinoiy iş qözğatilgan. Tergovçilar ta’kidlaşiça, Popov özining şaxsiy maqsadlari uçun «Patriot» boği hisobidan quriliş va ta’mirlaş işlarini uyuştirgan, Moskva viloyatidagi uyiga «turli xil moddiy boyliklar»ni olib borgan.

Pavel Popov uzoq vaqt Rossiya sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoygu bilan işlagan: 2008 yildan 2013 yilgaça u Favqulodda vaziyatlar vazirligida uning örinbosari bölgan. Popov 11 yil davomida mudofaa vaziri örinbosari lavozimida işlagan va ikki oy avval işdan böşatilgan edi. Amaldor Şoygu jamoasidan qölga olingan uçinçi vazir örinbosari böldi: avvalroq Tergov qömitasi Dmitriy Bulgakovni 1,3 milliard rubllik korrupsion kelişuvlar uçun, Timur Ivanovni esa 1,2 milliard rubl pora uçun uşlagan edi.