Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari O‘monda saqlanayotgan Amir Temur va Temuriylar davriga oid noyob qo‘lyozmalar, kitoblar hamda me’morchilik va san’at namunalarini o‘rgandi. Tadqiqotlar davomida Temuriylar davriga xos uslub va naqshlar ushbu mamlakatdagi ayrim me’moriy obektlarda ham aks etgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: “Dunyo” AA
Jumladan, Sultonlik saroyida Samarqanddagi mashhur Shohi Zinda majmuasidagi maqbara bezaklaridan andoza olib ishlangan taxt mavjudligi aniqlangan. Unda qo‘llanilgan muqarnas naqshlari Temuriylar davri me’morchiligiga xos bo‘lib, “Samarqand uch bargli naqshi” kabi elementlar bilan bezatilgan.
Shuningdek, Masqat shahridagi Sulton Qobus masjidi ayvoni devorlarida ham Temuriylar davri bezak san’ati namunalari qo‘llanilgani qayd etildi. Masjid hududida ushbu uslubga bag‘ishlangan maxsus lavha o‘rnatilgan bo‘lib, unda Temuriylar me’morchiligi va uning tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
Bundan tashqari, Sohar shahrida barpo etilgan Sulton Qobus jome masjidi arxitekturasi Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi uslubiga yaqinligi bilan ajralib turadi. Binoning feruza rangli gumbazi va murakkab koshinkorlik bezaklari Markaziy Osiyo me’morchilik an’analarining yorqin namunasidir.
Bu kabi o‘xshashliklar Temuriylar davrida Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar o‘rtasidagi madaniy va diplomatik aloqalarning keng bo‘lganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
19:34 / 01.03.2026
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
09:10 / 27.02.2026
Tojikistonda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan noyob qadimiy qo‘lyozma saqlanmoqda
14:12 / 26.02.2026