Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlarning budjet ochiqligi bo‘yicha majburiyati kuchaytirildi
Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘laridan foydalanishga oid qaror va farmoyishlarni 3 ish kuni ichida hokimlikning rasmiy sayti va openbudget.uz portaliga joylashtirish majburiy deb belgilandi.
Foto: Kun.uz
Mahalliy budjetlar ochiqligini oshirish yuzasidan iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 19 martdan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda barcha darajadagi hokimliklar mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘laridan foydalanishga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan so‘ng 3 ish kuni ichida majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirishi kerak.
Buyruq bilan, shuningdek, “Ochiq budjet” portalida jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i hamda bu soliqlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar (yo‘nalishlar kesimida) to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda joylab berilishi belgilandi.
Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2026 yil yanvar oyida hokimlar 400 ga yaqin qarorni E-qaror platformasida asossiz ravishda yashirib qo‘yganini aniqlagan edi.
Mavzuga oid
09:05 / 22.02.2026
AQShga navbatdagi tashrif, elektromobil quvvatlash subsidiyasi va talaba formasi – hafta dayjesti
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
13:35 / 29.01.2026
Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi
18:45 / 15.01.2026