O‘zbekiston | 13:42
2680
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?

2026 yilning dastlabki ikki oyida 57 512 dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘p.

Foto: Getty images

Chevrolet bozorning asosiy qismidagi ulushini saqlab qolmoqda. BYD ilk bor Kia’ni ortda qoldirib, ommaboplik reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Elektromobillar ulushi 5,6% dan 8,1% ga o‘sdi.

Statistika faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va yig‘ilgan avtomobillarni o‘z ichiga olgan. Import modellar hisobga olinmagan.

Eng ko‘p qaysi modellar sotilgan?

Yetakchi beshlik Chevrolet modellaridan iborat. Cobalt birinchi o‘rinda bo‘lsa-da, sotuv hajmi chorak qismga kamaygan. Tracker va Onix keskin o‘sishga erishgan, Yuan Up sotuvi esa 6 baravardan ko‘proqqa oshgan.

Brendlarning bozordagi o‘rni qanday o‘zgargan?

BYD va Kia o‘rtasidagi kurashda farq atigi 10 dona avtomobilni tashkil etdi. Kia sotuvi deyarli bitta modeldan (Sonet) iborat bo‘lsa, BYD sotuvi uchta: Song Plus, Yuan Up va Chazor modellariga asoslangan.

Qaysi modellarda o‘sish yuqori bo‘ldi?

Qaysi modellar sotuvi pasaydi?

Song Pro DMI modeli sotuvi pasayishi yangilangan Song Plus Champion DMI uni bozordan chiqarib yuborayotgani bilan izohlanmoqda.

Qaysi narx segmentida raqobat bormoqda?

7 500 dollargacha bo‘lgan qaysi modellar sotilmoqda?

15 666 dona, bozorning 27,2% i

7 500–12 000 dollar oralig‘ida qaysi modellar sotilmoqda?

22 104 dona, bozorning 38,4% i

Onix sotuvi uch baravarga oshdi va Cobalt xaridorlarining bir qismini tortib oldi.

12 000–17 000 dollar oralig‘ida qaysi modellar xaridorgir?

13 210 dona, bozorning 23% i

Eng raqobatli va tez o‘sayotgan segment. Tracker sotuvi 2,3 baravarga oshgan, bunga bo‘lib to‘lash va avtokredit dasturlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

17 000–25 000 oralig‘ida qaysi modellar ustunlik qilmoqda?

4 333 dona, bozorning 7,5% i

25 000–35 000 dollar oralig‘ida o‘zgarish qanday?

Segmentning xaridorgir modellari

Qimmat avtolar sotuvi kamaydi

35 000 dollardan qimmat modellar 300 donadan kam sotilgan

Malibu va Sorento sotuv hajmining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotgan. Chamasi, qimmat avtomobillar xaridorlari import avtomobillarga e’tibor qaratmoqda.

Elektromobillar sotuvida holat qanday?

Ikki oy davomida 4 649 dona elektromobil sotilgan, bu bozor umumiy hajmining 8,1% ini tashkil etadi (o‘tgan yili 5,6%). Talab 63,7% ga oshgan.

  • Gibridlar (PHEV): 2 626 dona. (56%)
  • Sof elektromobillar (BEV): 2 023 dona. (44%)

Ushbu toifadagi sotuvlarning asosiy ulushi (83%) uchta modelga tegishli. Shuningdek, 2026 yilda Seal 6, Sea Lion 07, ATTO 8 va Tiggo 8 Pro PHEV kabi yangi modellar bozorda mustahkam o‘rnashdi.

Мирзабек Аҳмедов
Tayyorlagan Мирзабек Аҳмедов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid