Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya yana mundialdan qolib ketdi
Italiya Bosniyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdayoq ozchilik bo‘lib qoldi va yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. Daniyaning ham futbol lotereyasida omadi kelmadi. Turkiya esa 24 yillik tanaffusdan keyin yana JChda. Shuningdek, saralash bosqichini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan va guruhida oxirgi o‘rinni egallagan Shvetsiya o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Foto: Getty Images
31 mart oqshomida Yevropada JCh-2026 o‘tish bosqichining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Qit’ada AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun yana to‘rt yo‘llanma o‘ynaldi.
Italiya uchta penaltidan ikkita xato qildi
Bosniya va Gersegovina – Italiya 1:1 (4:1)
Gollar: Kin, 15 (0:1). Tabakovich, 79 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Tahirovich (1:0) – Espozito (xato)(1:0) – Tabakovich (2:0) – Tonali (2:1) – Alaybegovich (3:1) – Kristante (xato)(3:1) – Bayraktarevich (4:1)
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muharemovich, Katich, Kolashinats (Tahirovich, 46), Dedich, Bashich (Burnich, 71), Shunich (Alaybegovich, 46), Memich (Tabakovich, 71), Bayraktarevich, Demirovich (Hajiahmetovich, 115), Jyeko
Italiya: Donnarumma, Bastoni, Kalafiori, Manchini, Lokatelli (Kristante, 71), Tonali, Barella (Frattezi, 85), Dimarko (Spinatssola, 91), Politano (Palestra, 46), Retegi (Gatti, 44), Kin (Espozito, 71)
Ogohlantirishlar: Tahirovich, 54. Muharemovich, 102. Katich, 114 – Donnarumma, 81. Frattezi, 120
Chetlatish: Bastoni, 41
Italiya qatorasiga uchinchi jahon chempionatidan quruq qoldi – Bosniya penaltilar seriyasida g‘olib chiqdi. O‘yin natijasiga Alessandro Bastonining birinchi bo‘limda olgan qizil kartochkasi jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Italyanlar ajoyib boshlagandi: 15-daqiqada Nikola Vasil Mateo Retegining pressingi ostida xato pas berdi, forvard to‘pni olib qo‘ydi va uni chapdan oldinga tashlangan Moyze Kinga uzatdi – u esa sovuqqonlik bilan olis burchakni aniq nishonga oldi.
Italyanlar shundan keyin ham hujumkor o‘ynashda davom etishdi, ammo tanaffus arafasida qo‘pol xato qimmatga tushdi. Janluidji Donnarumma to‘pni uzoqlashtira olmadi. Bosniyaliklar uni tezda egallab olishdi: Amar Memich darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotganida Bastoni uni ortdan fol ishlatib to‘xtatdi.

O‘yin bosh hakami Kleman Tyurpen «Inter» himoyachisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
Italyanlar o‘n kishi bo‘lib ham raqibdan yaxshiroq o‘ynashdi va ikkinchi golni urishga yaqinroq kelishdi, ammo o‘yin oxiriga kelib futbolchilarda kuch tugadi va baribir gol o‘tkazib yuborishdi. Donnarumma Edin Jyekoning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasiga fantastik reaksiya ko‘rsatdi, ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Xaris Tabakovichning zarbasiga ulgura olmadi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmay qoldi va ko‘pchilik Italiya baribir g‘alabani o‘ziniki qilishini kuta boshladi, ammo jamoa penaltilar seriyasini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Nuqtaga birinchi bo‘lib yaqinlashgan yosh hujumchi Franchesko Espozitoning zarbasidan keyin to‘p osmonga uchib ketdi, uchinchi zarbani ijro etgan Brayan Kristante esa to‘sinni poyladi. Uchta zarbadan ikkitasi xato. Bosniyaliklar esa barcha imkoniyatlaridan aniq foydalanishdi va JChga boradigan bo‘lishdi.
Drama: Italiya qatorasiga uchinchi bor jahon chempionatiga bora olmaydi. Bosniya esa Kanada, Qatar va Shveytsariya bilan bir guruhdan joy oldi.
Yokeresh Shvetsiyani JChga olib chiqdi
Shvetsiya – Polsha 3:2
Gollar: Elanga, 19 (1:0). Zalevski, 33 (1:1). Lagerbilke, 44 (2:1). Sviderski, 55 (2:2). Yokeresh, 88 (3:2)
Shvetsiya: Nordfeldt, Starfelt, Lindelyof, Lagerbilke, Chelstrem (Bergvall, 69), Ayyari (Svanberg, 90), Gudmundsson, Svensson, Nyugren (Lundgren, 81), Elanga (Zeneli, 69), Yokeresh
Polsha: Grabara, Bednarek, Kiver, Visnevski, Zelinski, Shimanski, Zalevski (Grositski, 90), Kesh (Pyontek, 90), Sviderski (Petushevski, 63), Kaminski, Levandovski
Ogohlantirishlar: Chelstrem, 62. Bergvall, 76 – Kivyor, 43. Petushevski, 65. Pyontek, 90
Shvetsiya Polsha bilan o‘yinda g‘alabani ilib ketdi – 3:2. Bu safar ham Viktor Yokeresh katta sahnaga chiqdi.
Bu kunning eng quvnoq o‘yiniga aylandi. 19-daqiqada Entoni Elanga to‘pga bir teginishda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi, 33-daqiqada Nikola Zalevski javob qaytardi – uning zarbasi u qadar kuchli chiqmagandi, ammo darvozabon Kristoffer Nordfeldt qutqara olmadi. Shvedlar vaziyatlardan foydalanishda dars berishdi – tanaffus arafasida Gustaf Lagerbilke standart vaziyatdan keyin ikkinchi golni urdi.
Ikkinchi bo‘limda polyaklar yana bir bor hisobni tenglashtirishdi: Karol Sviderski to‘pni tom ma’noda o‘zi bilan darvozaga olib kirdi. Umuman olganda, polyaklar ko‘proq vaziyatlar yaratishdi, ammo shvedlarda samaradorlik yuqori bo‘ldi. O‘yinning oxirgi qismida Shvetsiya ko‘proq kuch saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi – va bu natijada ham aks etdi. 88-daqiqada Yokeresh o‘z vaziyatidan foydalandi – mehmonlar bir hujumning o‘zida bir necha zarbani to‘sishdi, ammo «Arsenal» hujumchisining zarbasini qaytara olishmadi.
U Robert Levandovski bilan duelda g‘olib chiqdi – top-forvardlardan faqat biri mundialga borishi mumkin edi va bu shvetsiyalik yosh hujumchi bo‘lib chiqdi; u o‘tish o‘yinlarining o‘zida to‘rt gol urishga erishdi, yarimfinalda Ukraina darvozasiga het-trik qayd etgandi.
E’tiborli jihati, shvedlar saralash bosqichida atigi ikki ochko olib, guruhda so‘nggi o‘rinda qolishgandi, ammo Millatlar ligasi orqali o‘tish bosqichida ishtirok etishdi. Endi ular mundialda Niderlandiya, Yaponiya va Tunis bilan birga F guruhidan joy olishdi.
Turkiya Kosovoni yo‘ldan oldi
Kosovo – Turkiya 0:1
Gol: Karim Oqturko‘g‘li, 53 (0:1)
Kosovo: Murich, Hayrizi, Haydari (Aliti, 80), Dellova, Rejbechay (Rashitsa, 80), Xo‘ja (Rrahmani, 90), Gallapeni, Voyvoda (Jyegrova, 71), Musliya, Asllani, Murichi
Turkiya: Ugurjan Chaqir, Abdulkarim Bardakchi, O‘zan Qoboq, Ferdi Kadio‘g‘li, Zeki Chelik (Mert Mo‘ldur, 89), Xoqon Chalxono‘g‘li (Eren Elmali, 83), Ismoil Yuksek, O‘rxun Ko‘kchi, Kenan Yildiz (Gul, 89), Arda Guler (O‘zjan, 83), Karim Oqturko‘g‘li (Barish Yilmaz, 68)
Ogohlantirishlar: Haydari, 45. Musliya, 83. Rashitsa, 90 – Karim Oqturko‘g‘li, 45. Ismoil Yuksek, 55. Xoqon Chalxono‘g‘li, 65. Zeki Chelik, 70. Ugurjan Chaqir, 90
Turkiya hal qiluvchi o‘yinda Kosovoni mag‘lub etdi – 1:0.
Yarimfinalda Ruminiya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan turklar bu o‘yinda ham masalani birgina gol bilan hal qilishdi: ikkinchi bo‘lim boshlarida Kenan Yildiz chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni markazga oshirdi, u yerda turgan O‘rxun Ko‘kchining zarbasini esa Karim Oqturko‘g‘li darvozaga to‘g‘rilab yubordi. «Fenerbahche» vingeri o‘tish bosqichidagi ikki o‘yinda ham sariq kartochka oldi, shu bilan birga, jamoaga g‘alaba va yo‘llanmani taqdim etdi.
Kosovoliklar o‘z uyida o‘ynagan bo‘lsa-da, hisobda ortda borayotganida ham deyarli vaziyat yaratmadi. Mezbonlar chuqur himoyaga yotishdi, lekin baribir o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qololmadi.
Turkiya uchinchi bor jahon chempionatiga chiqmoqda. Jamoa bungacha 1954 va 2002 yillarda mundial ishtirokchisi bo‘lgan. Oxirgi urinishda bronza medallari qo‘lga kiritilgan. Bu safar Turkiya D guruhida AQSh, Paragvay va Avstraliya bilan birga ishtirok etadi.
Chexiya – Daniya 2:2 (3:1)
Gollar: Shuls, 3 (1:0). Andersen, 72 (1:1). Kreychi, 100 (2:1). Heg, 111 (2:2)
Penaltilar seriyasi: Hoylund (xato)(0:0) – Xori (1:0) – Eriksen (1:1) – Souchek (2:1) – Dreyler (xato)(2:1) – Kreychi (xato)(2:1) – Yyensen (xato)(2:1) – Sadilek (3:1)
Chexiya: Kovarj, Granach, Kreychi, Xaloupek, Darida (Cherv, 60), Souchek, Zeleni, Tsoufal, Provod (Xitil, 68), Shuls (Sadilek, 112), Shik (Xori, 91)
Daniya: Hermansen, Andersen, Nelsson (Norgar, 60), Mele, Ba, Yulmann (Heg, 106), Heyberg, Froholdt (Eriksen, 72), Damsgor (Yyensen, 115), Isaksen (Dreyyer, 86), Hoylund
Ogohlantirishlar: Zeleni, 45 – Nelsson, 21. Andersen, 105
Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari va guruhlar tarkibi:

Mavzuga oid
09:22
O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi
12:13 / 27.03.2026
Italiya va Turkiya JChga yaqinlashdi. Kun o‘yinlari
10:54 / 14.11.2025
Ronaldu qizil oldi, Fransiya yo‘llanmani hal qildi. Kun o‘yinlari
12:08 / 15.10.2025