Ispaniya va Bolgariya öyini kunning natijasini oldindan taxmin qiliş oson bölgan öyini edi. Ispanlar şu vaqtgaça gol ötkazmay kelmoqda, bolgarlar esa faqat bir gol urgan va birorta oçko töplamagandi. Mehmonlar darvozaboni Vutsov imkon qadar harakat qildi, agar uning seyvlari bölmaganida hisob birinçi bölimning özida yirik köriniş olgan bölardi. Faqat yarimhimoyaçi Mikel Merino yana bir bor özining hujumçilik xislatlarini yodga oldi va bölim oxirlarida hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida esa dublni rasmiylaştirdi. «Arsenal» futbolçisi saralaş bosqiçidagi tört öyinda 6 gol urişga ulgurdi. Öyin davomida Atanas Çernev avtogol muallifi bölib, hisobni tenglaştirdi. 90+2-daqiqada Mikel Oyarsabal penaltini aniq ijro etdi – 4:0. Jami töplar nisbati esa ideal körinişda 15:0! Lekin navbatdagi yirik ğalabadan keyin ham ispanlar hali mundial yöllanmasini hal qilmadi.
Ispanlar hali ham yöllanmani kafolatlamaganiga esa turklar aybdor. Turkiya Gurjistonni yana bir bor mağlub etdi va ispanlar bilan oradagi uç oçkolik farqni saqlab qoldi. Turklar özaro öyingaça ikkinçi örin uçun raqobatçisi bölmiş gurjistonliklardan faqat uç oçko oldinda edi. Şu tufayli bu öyin natijasiga qarab köp narsa özgarib ketişi mumkin edi. Ammo mehmonlar kutilganidek kuraş taklif eta olişmadi va mezbonlar birinçi bölimning özida uçta gol farqi bilan oldinga çiqib olişdi.
Tanaffusdan keyin esa Vinçenso Montella şogirdlari raqibga deyarli imkon bermadi. Endi Villi Sanyol şogirdlari ikkinçi öringa çiqişi uçun faqat möjiza kerak böladi. Buning uçun ular Ispaniya va Bolgariyaga qarşi öyinlarda ğalaba qozonişi, şuningdek, turklar qolgan ikki öyinda ham yirik hisobda mağlub etişidan umid qilişi kerak böladi. Oçkolar teng kelgan taqdirda barçasini töplar nisbati hal qiladi: hozirça bu borada turklarning vaziyati ança yaxşiroq («-3»ga qarşi «+3»).
15 noyabr. Gurjiston – Ispaniya, Turkiya – Bolgariya.
18 noyabr. Bolgariya – Gurjiston, Ispaniya – Turkiya.
Italiya bu öyinga, şubhasiz, yaqqol favorit sifatida yetib keldi, ammo sentabrdagi Isroil bilan öyindagi trillerdan (5:4) keyin har narsani kutiş mumkin edi. Lekin «Skuadra adzurra» xatolardan saboq çiqargani va Jyennaro Gattuzo himoyada tartib örnatgani oydinlaşdi. Oldingi çiziqda esa odatdagidek Mateo Retegi özini körsatdi, uning dubli va qöşimça daqiqalarda Mançini urgan gol yirik hisobdagi ğalabani ta’minladi.
Italiya hozirça ikkinçi örinni mustahkamladi. Isroil ustidan ğalaba jamoani guruh peşqadami Norvegiyaga uç oçkolik masofada yaqinlaştirdi. Ammo italyanlar özaro öyinda norveglarni yenggan taqdirda ham uşbu raqibdan töplar nisbati böyiça ança ortda qoladi. Birinçi öringa çiqib oliş esa faqat aql bovar qilmas voqealar bölib ötişini talab qiladi. Hozirda Italiyada töplar nisbati «+10», Norvegiyada – «+26». Şuning uçun norveglar keyingi turda öz uyida Estoniyani mağlub etadigan bölsa, amalda JÇ-2026 ga töğridan töğri yöllanmani öziniki qiladi. Italiya esa ötiş öyinlari orqali öz imkoniyatini sinab körişiga töğri keladi.
Estoniya va Moldova jamoalari uçun saralaş turniri amalda yakunlangan. Uşbu jamoalar JÇ-2026 yöllanmasi uçun nazariy imkoniyatni ham yöqotgan. Şu tufayli özaro uçraşuvda ular faqat muxlislariga taskin beruvçi ğalaba uçun öynaşdi. Ammo yakunda durang qayd etildi. Moldova olti tur içidagi ilk oçkosini qölga kiritdi, Estoniya uşbu raqib ustidan ikkinçi ğalabasiga erişiş imkonini qöldan boy berdi.
13 noyabr. Norvegiya – Estoniya, Moldova – Italiya.
16 noyabr. Isroil — Moldova, Italiya – Norvegiya.
Portugaliya milliy jamoasi Budapeştda bölib ötgan birinçi öyinda Vengriyani qiyinçilik bilan mağlub etgandi (3:2). Va vengrlar «Joze Alvalade»da ham raqibga jiddiy muammolar tuğdira oldi. Bu safar ular sakkizinçi daqiqadayoq hisobni oçişdi: Attila Salai Soboslai burçakdan uzatgan töpni darvoza töriga joylab qöydi. Ammo keyin Kriştianu Ronaldu katta sahnaga çiqdi. Uşbu 40 yoşli futbolçi 22-daqiqada Nelson Semeduning öng qanotdan uzatmasini golga aylantirdi va jahon çempionatlari saralaş bosqiçlari doirasida eng köp gol urgan (41) futbolçiga aylanib, navbatdagi rekordni örnatdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa Nunu Mendeşning çap qanotdan kross uzatmasiga yetib borib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Endi Ronaldu karerasidagi gollar sonini 948 taga yetkazib oldi.
Portugaliya 90+1-daqiqagaça JÇ-2026 yöllanmasiga ega bölib turgandi. Ammo mezbonlar sönggi daqiqalarda Dominik Soboslaini jarima maydoni içida yolğiz qoldirişdi, u esa portugallarning bayramini keyinga qoldirdi. Endi Vengriya ikkinçi öringa çiqib oldi, Portugaliya esa endi safarda Irlandiyani yengişi talab etiladi. Bu guruhda hali heç narsa aniq emas.
Irlandiya terma jamoasi 4-tur oldidan atigi bir oçkoga ega edi. Şu tufayli Armanistonga qarşi öyin ular uçun hayot-mamot masalasiga aylandi. Bu öyin natijasiga köra irlandlar yoki JÇ-2026 yöllanmasi uçun poygada qolar, yoki 99 foizga imkoniyatni yöqotardi. Öyin kutilganidek ança asabiy keçdi: armanlar sabr bilan va sifatli himoyalandi. Ammo 52-daqiqada mehmonlar sardori Tigran Barsegyan jamoadoşlarini qiyin ahvolga solib qöydi. U Finn Azazga qöpollik işlatib, qizil kartoçka oldi va maydonni erta tark etdi. 70-daqiqada esa Evan Fergyuson irlandlarning ğalaba golini urdi.
Endi Armaniston uçun keyingi turda öz uyida Vengriyaga qarşi öyin hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Oxirgi turda esa Portugaliyaga safar kutmoqda.
13 noyabr. Armaniston – Vengriya, Irlandiya – Portugaliya.
16 noyabr. Vengriya – Irlandiya, Portugaliya – Armaniston.
Angliya milliy jamoasi kutilganidek jahon çempionati yöllanmasini kafolatladi. Buning uçun Tomas Tuxel şogirdlari finişga ikki tur qolganida Latviyani mağlub etişi kifoya qilardi. Inglizlar safar öyinida jiddiy qarşilikka duç kelmadi. Birinçi bölimda Entoni Gordon hisobni oçdi, Harri Keyn esa dublni rasmiylaştirib, hisobni yiriklaştirdi, bu uşbu hujumçi uçun Germaniya çempionatiga ketganidan keyin milliy jamoada urilgan 17- va 18-gollar böldi. Bu esa öziga xos rekord körsatkiç. U ötgan asrning 80-yillarida «Barselona» futbolçisi sifatida «Uç şerlar» uçun 17 gol urgan Gari Linekerning rekordini yangiladi.
Tanaffusdan keyin Maksim Tonişev öz darvozasini işğol etib qöydi, 86-daqiqada esa Ebereçi Eze yakuniy natijani örnatdi. 5:0 – inglizlar AQŞ, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundial uçun safar xaltalarini tayyorlaşni boşlaşi mumkin.
Ötgan turda öz uyida Albaniyadan uçralgan alamli mağlubiyatdan (0:1) keyin Serbiyaning taqdiri öz qölida emas. Qolaversa, serblar boş murabbiysiz qolgan: Dragan Stoykoviç aşaddiy raqibdan uçralgan mağlubiyatdan keyin iste’foga çiqdi. Şu tufayli jamoa Andorraga qarşi öyinga vaqtinça murabbiy bilan yöl oldi. Uçraşuv esa kutilmagan ssenariyda boşlandi. 17-daqiqada mezbonlar hisobni oçişdi – forvard Giyom Lopes deyarli maydon markazidan çiroyli gol urdi.
Ammo bir neça daqiqa ötib Kristian Garsiya öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Ikkinçi bölimda esa Duşan Vlahoviç va Aleksandr Mitroviç bittadan gol urişdi. Serbiya qiyinçilik bilan bölsa-da, ğalabaga erişdi va Albaniya bilan oradagi farqni bir oçkogaça qisqartirdi.
Noyabrda jamoalar guruhdagi ikkinçi örin uçun sirtdan kuraş olib borişadi. Serbiya Albaniyani quvib ötib, ikkinçi örinni egallaş uçun safarda Angliyani yengişi, şu bilan birga, albanlar Andorrada oçko yöqotişidan umid qilişi kerak böladi.
13 noyabr. Andorra – Albaniya, Angliya – Serbiya.
16 noyabr. Albaniya – Angliya, Serbiya – Latviya.