Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
Qashqadaryo viloyatida mansab vakolatini suiiste’mol qilgan bozor rahbari tezkor tadbir davomida pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumanidagi bozorlardan biri rahbarining noqonuniy harakati fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga bozor hududida joylashgan, ammo tegishli hujjatlari rasmiylashtirilmagan savdo do‘konini sotishni taklif qilgan. Shuningdek, keyinchalik ushbu do‘konni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, bu “xizmat” evaziga 80 mln so‘m talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs tadbirkordan 6600 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:33
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
09:58 / 23.05.2026
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
18:36 / 16.05.2026