Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlardagi bolalar: obrazlar ortidagi xavflar
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar ishtirokidagi kontentlar ommalashib borar ekan, mutaxassislar buni bola psixikasiga ta’sir qiluvchi xavfli jarayon sifatida baholaydi. Ayrim davlatlarda bu yo‘nalish qonun bilan cheklangan.
So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda marketing maqsadida bolalar ishtirokidagi kontentlar soni keskin oshdi. Bolalar blog yuritadi, turli roliklarda ishtirok etib, ota-ona yoki boshqa obrazlarni ijro etadi. Mutaxassislar buni oddiy ko‘ngilochar kontent sifatida qabul qilish xavfli ekanini ta’kidladi.
“Hammamiz yaxshi ko‘radigan “Uyda yolg‘iz” filmida Kevin rolini o‘ynagan aktyor 18 yoshga to‘lganidan keyin haligi bolalikdagi obrazidan, o‘sha statusdan, bolalikda unga berilgan statusdan chiqishga qiynalgan. Narsistik ehtiyojlar hisoblanadi bu. Har doim diqqat markazida bo‘lish. Va necha yillardir psixiatriya shifoxonalarida vaqtini o‘tkazgan. Ya’ni o‘sha kichkinalikda unga singdirilgan rol uchun, kinoda singdirilgan rol uchun u hayotiga ko‘chirgan bu rolni va bundan chiqib ketish juda ham qiyin bo‘lgan. Xuddi shu effektni bizning ijtimoiy tarmoqda blog yuritadigan ayrim bolalarda ham kuzatishimiz ehtimoli bor. Buni inobatga olish kerak ota-onalar”, deya ta’kidlaydi bolalar psixologi Sayyora Azlarova.
Psixologlarga ko‘ra, bu bolaning kelajakda shaxsiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim davlatlarda esa bolalardan marketing maqsadida foydalanish qat’iy cheklangan yoki taqiqlangan.
Mutaxassis Rozaliya Gabdulhakovaning aytishicha, qator davlatlarda bolalardan marketing maqsadida foydalanish qat’iy tartibga solingan: “Bu Xitoyda man qilingan ekan. Aynan mana shu bolalarni marketingda yoki pul topish uchun ishlatish bo‘yicha har xil mamlakatlarning tajribalari bilan ozgina tanishib chiqdim. Masalan, Fransiyada ko‘proq bolalarning puli himoya qilingan ekan. Ya’ni bunaqa bloger bolalarning o‘zini alohida «schyoti» bo‘lishi kerak, muzlatilgan, u yerga har doim mehnatidan bir qismi tushib turadi, faqat bolaning o‘zi uchun to‘planadi. Amerikada ham avval aktyor bolalar uchun bo‘lgan qonunlar hozir bloger bolalar uchun ishlatilishi boshlanyapti ekan. Axloq qoidalarini, bolalarning qadriyatlarini, bolalarning axloqini saqlaydigan qonunlar Xitoyda ekan. Ya’ni Xitoyda ana shu reklamani target yoqish mumkin emas, ya’ni bolalarning aynan axloqi, shaxsiyati ko‘proq himoya qilingan”.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda qonunchilikni takomillashtirish zarur va bu jarayonda sohaviy ekspertlar ishtirok etishi muhim.
Bolalar kontenti mavzusidagi podkastning to‘liq variantini Kun.uz’ning YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin.
Mavzuga oid
20:01 / 30.03.2026
Bolalar kontent qurboniga aylanyaptimi? Psixologlar ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan ogohlantirmoqda
21:36 / 26.03.2026
«Kontent emas, dizayn aybdor» - AQShda bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi bo‘yicha tarixiy sud yakunlandi
23:20 / 18.03.2026
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
21:30 / 18.03.2026