Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Ayanchli YTH 4 aprel kuni Forish tumani hududida sodir bo‘lgan: Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, Cobalt bilan to‘qnashgan. Qurbonlar orasida Xitoy fuqarosi ham bor.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Jizzax viloyati Forish tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, YTH 4 aprel kuni soat 16:05 larda «Jizzax-Bog‘don-Qizilcha» yo‘lida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan 27 yoshli U.B. Nexia mashinasini boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. Oqibatda Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, Forish tumanida yashagan 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi, shuningdek, Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Xitoy davlatining 54 yoshli fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Cobalt mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Kun.uz’ning boshqa bir manbasi esa ushbu YTHda 7 kishi – 5 kishi voqea joyida, 2 nafari esa shifoxonada halok bo‘lganini aytmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilmadi.
Avvalroq Navoiyda ikki mashina to‘qnashuvida 5 kishi vafot etgandi.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026