Jahon | 22:40 / 08.04.2026
5131
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi

To‘lov har bir olib o‘tilgan barrel uchun bir dollarga teng bo‘ladi. Bo‘sh tankerlar bo‘g‘ozdan bepul o‘tishi mumkin.

Foto: AFP

Eron kema egalaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovaluta bilan to‘lov qilishni talab etmoqda, deb yozdi Financial Times.

Eron neft, gaz va neft-kimyo mahsulotlari eksportchilari uyushmasi raisi Hamid Husayniyning nashrga aytishicha, to‘lov har bir olib o‘tilgan barrel uchun bir dollarga teng bo‘ladi; bo‘sh tankerlar bo‘g‘ozdan bepul o‘tishi mumkin.

Husayniyning ta’kidlashicha, kriptovalutadagi to‘lov tranzaksiyalarni kuzatuv va ehtimoliy sanksiyalardan himoya qilish uchun tanlangan. Kemalar bo‘g‘oz orqali harakatlanishni boshlashdan oldin Eron rasmiylarini xabardor qilishi va ularning ruxsatini olishi kerak - Eron qoidabuzarlarni «yo‘q qilish» bilan tahdid etmoqda.

AQSh, Isroil va Eron 8 aprelga o‘tar kechasi urushni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu bitimning asosiy sharti — Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini ochishi.

Sulh ikki hafta muddatga tuzilgan bo‘lib, bu davrda tomonlar bevosita muzokaralar orqali yakuniy tinchlik haqida kelishib olishga harakat qiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid