O‘zbekiston | 11:11
8723
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari

14 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol va ayrim joylarda chang bo‘ronlari kuzatildi. Binolar tomi ko‘chib tushishi, daraxtlar sinib avtomobillar va elektr tarmoqlariga zarar yetkazishi kabi talafotlar ro‘y bergan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi holat / Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 14 aprel soat 22:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarining katta qismida 15-20 m/s tezlikda kuchli shamol kuzatilgan.

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shamol tezligi 23-25 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelgan.

Tungi soatlarda bu hududlarda yomg‘ir yog‘ishni boshlab, chang-to‘zonlar asta bosila boshlagan, shu bilan birga, bugun ham saqlanib turishi mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ e’lon qilgan suratlarda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi talafotlarni ko‘rish mumkin. Hozirda elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilyapti.

Xorazm viloyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid