Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
Janubiy Koreyada operatorlar abonentlarga oylik limit tugaganidan keyin ham 400 kbit/s tezlikda mobil internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tezlik xabarlar yuborish yoki xaritalardan foydalanish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Janubiy Koreya Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi mobil internetdan bazaviy bepul foydalanish imkoniyati joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda Yonhab axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, operatorlar abonentlarga oylik limit tugaganidan keyin ham 400 kbit/s tezlikda mobil internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tezlik xabarlar yuborish yoki xaritalardan foydalanish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Mazkur tashabbus mamlakatning uchta yirik aloqa operatori — SK Telecom, KT va LG Uplus tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar limitsiz tarif rejasiga ega bo‘lmagan 7 milliondan ortiq abonentga foyda keltiradi va ularga yiliga 322 milliard von (taxminan 218 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Shuningdek, hukumat aloqa kompaniyalardan narxi 20 000 vongacha (taxminan 13,5 dollar) bo‘lgan arzon 5G tariflarini ishga tushirish, yoshi katta foydalanuvchilar uchun internet trafik va qo‘ng‘iroq daqiqalari paketlarini kengaytirish, shuningdek metro va shaharlararo poyezdlarda Wi-Fi sifatini yaxshilashni talab qilyapti.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026