Jamiyat | 19:10
1399
2 daqiqa o‘qiladi

Hisob palatasining SSVdagi vakili tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Eralijon Muxtorovich Turdiyev Hisob palatasining Sog‘liqni saqlash vazirligidagi vakili sifatida bosh inspektor lavozimiga o‘tkazildi.

Eralijon Turdiyev 2012 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat va 2014 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega.

Mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi G‘aznachiligining amaliyot boshqarmasida turli mas’ul vazifalarda ishlagan.

Turdiyev tayinlovga qadar Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi yetakchi inspektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

«Uning zimmasiga birinchi navbatda budjet qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi, mablag‘lardan foydalanishda xavflarni baholash va samaradorlikni tahlil qilish, davlat xaridlari jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xatarlarni o‘rganish kabi qator vazifalar yuklatildi», – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid