Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Mastercard kartasini qayerda va qanday ochish mumkin?
O‘zbekistonda Mastercard kartasini xorijga safar qilish, internet orqali to‘lovlar va chet el servislaridan foydalanish uchun rasmiylashtirishadi. Men onlayn tarzda Mastercard rasmiylashtirganimda barcha banklar ham bunday kartalarni chiqarmasligi, ularning shartlari va narxlari esa turlicha ekani ma’lum bo‘ldi. O‘z tajribam va turli takliflarni tahlil qilish asosida O‘zbekistonda qayerda va qanday qilib Mastercard ochish mumkinligi, qanday kartalar borligi va ularning narxlari haqidagi ma’lumotlarni sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Foto: Adobe Stock
O‘zbekistondagi qaysi banklarda Mastercard ochish mumkin?
O‘zbekistonda Mastercard kartalari davlat, xususiy va raqamli banklar tomonidan chiqariladi. Ular debet kartalari bo‘lib, chiqarish shartlari, tarif va toifalari banklardan kelib chiqib turlicha bo‘ladi.
Mastercard assortimenti, rasmiylashtirish shakli va xizmat ko‘rsatish narxi banklarning o‘z siyosatiga bog‘liq.
Maqolada Mastercard rasmiy saytida O‘zbekistondagi hamkorlar sifatida ko‘rsatilgan banklarning ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Mastercard turlari
O‘zbekistonda Mastercard toifasiga qarab farqlanadi. Bu xorijda yoki internet orqali to‘lash imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin limit, xizmat ko‘rsatish sharti va qo‘shimcha servislardan foydalanish imkoniyatiga ta’sir qiladi.
Karta toifasi bir xil imtiyozlar to‘plamiga kafolat bermaydi. Chegirmalar, keshbek, travel-servis va maxsus takliflar emitent bank tomonidan beriladi va tarifga bog‘liq.
Mastercard toifalari
Xaridlar va onlayn to‘lovlarda barcha Mastercard kartalari bir xil ishlaydi. Kartalar quyidagi toifalarda chiqariladi:
- Mastercard Standard
- Mastercard Gold
- World Mastercard
- World Mastercard Black Edition
- World Elite Mastercard
Biznes uchun Mastercard
Mastercard shuningdek Business va Corporate kartalarini ham chiqaradi. Ular yuridik shaxslarga rasmiylashtiriladi, kompaniya hisobraqamiga bog‘lanadi va korporativ xarajatlar uchun foydalaniladi. Bu kartalar shaxsiy foydalanishga mo‘ljallanmagan.
Mastercard ochish uchun qanday hujjatlar kerak?
Mastercard ochish uchun pasport yoki ID-karta kerak. Bank hujjat bo‘yicha mijozni identifikatsiyadan o‘tkazadi va kartani rasmiylashtiradi.
Onlayn tarzda Mastercard rasmiylashtirish
Mastercard bank mobil ilovasi orqali rasmiylashtirilishi mumkin. Misol sifatida OFB ilovasida onlayn tarzda karta ochish jarayonini ko‘rib chiqamiz.
1-qadam. Karta tanlash
Foydalanuvchi debet kartalar bo‘limida Mastercardʼni va quyidagilarni tanlaydi:
- karta turi — virtual yoki plastik;
- hisobraqam valutasi — so‘m yoki xorijiy valuta;
- karta toifasi — Standard, Gold, World, World Elite (agar bo‘lsa)
Ilovada karta chiqarish narxi, amal qilish muddati va asosiy shartlar ko‘rinadi.
2-qadam. Ma’lumotlarni to‘ldirish
Kartani rasmiylashtirish uchun quyidagilar ko‘rsatiladi:
- shahar va tuman;
- kartani olish manzili (plastik karta uchun);
- SMS-tasdiqnoma uchun telefon raqami.
Ma’lumotlar SMS kod orqali tasdiqlanadi.
3-qadam. Shartlarni tasdiqlash
Arizani yakunlashdan oldin foydalanuvchi:
- karta parametrlarini tekshiradi;
- tarifni tasdiqlaydi;
- bankning ommaviy ofertasi shartlarini qabul qiladi.
Shartlarni tasdiqlanmasdan karta chiqarilmaydi. Ushbu holatda OFB bankida Mastercard Standard kartasini chiqarish bepul bo‘ldi.
4-qadam. Kartani olish
- Virtual Mastercard darhol chiqariladi va ilovada ko‘rinadi — rekvizitlar shu zahoti ma’lum bo‘ladi.
- Plastik Mastercard bank bo‘limida beriladi yoki agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, yetkazib beriladi.
Mastercard kartasi qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
- Virtual karta — rasmiylashtirilishi bilan tayyor bo‘ladi.
- Plastik karta — 1–5 ish kunida chiqadi.
O‘zbekiston banklarida Mastercard chiqarish narxlari
Quyida karta toifalari bo‘yicha plastik Mastercard chiqarish narxlari ko‘rsatilgan.
Mastercard Standard
Mastercard Gold
World Mastercard
World Mastercard Black Edition
World Elite Mastercard
Tariflar banklar rasmiy saytlaridagi ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan va maqola yozilish vaqtiga mos keladi. Ushbu narxga ehtimoliy sug‘urta depoziti, abonent to‘lovi va xizmat ko‘rsatish komissiyasi kiritilmagan.
Yakun
- onlayn to‘lovlar va obunalar uchun virtual Mastercard kifoya;
- xorijga safarlar va naqd pul yechish uchun plastik Mastercard talab qilinadi;
- barcha Mastercard kartalari xorijda va internet to‘lovlarida bir xil ishlaydi;
- kartalar bank tariflari, hisobraqam valutasi va qo‘shimcha servislarga ko‘ra farq qiladi;
- chiqarish narxi, tayyorlash muddati va xizmat ko‘rsatish shartlari emitet bank tomonidan belgilanadi va bir xil toifadagi kartalar uchun ham narxlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:27 / 03.04.2026
Uy va avtomobil savdosi endi faqat bank orqali bo‘ladi. Bu tizim qanday ishlaydi?
20:37 / 02.04.2026
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
18:37 / 28.03.2026
Naqdsiz savdo banklarga 100 trillion so‘mgacha mablag‘ olib kirishi mumkin - IMV
16:44 / 28.03.2026